2 oktyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi poytaxti Nukus şahrida “HealthTech AI Hackathon”ga start berildi. Tadbir mamlakatda sun’iy intellekt yönalişida ötkazilayotgan umummilliy xakaton loyihasining ilk bosqiçi hisoblanadi.

AI Hackathon loyihasi 2025 yilning oktyabridan 2026 yil dekabr oyigaça bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib, mamlakatning barça 14 mintaqasini qamrab oladi.

“HealthTech AI Hackathon”ning asosiy maqsadi tibbiyot sohasida raqamli islohotlarni jadallaştiriş bölib, unda IT va tibbiyot yönalişidagi talabalar, yoş şifokorlar, mutaxassislar hamda tibbiyot muassasalari vakillari iştirok etmoqda. Ular uçun mahorat darslari va mentorlik sessiyalari ötkaziladi.

Xakatonda 26 ta jamoadan iborat 100 dan ortiq iştirokçilar tomonidan soğliqni saqlaş tizimi uçun zamonaviy raqamli yeçimlar işlab çiqiladi. Loyihalar şifokorlar, vazirlik vakillari va IT sohasi yetakçilaridan iborat ekspertlar hay’atiga taqdim etiladi.

Eng yaxşi ğoyalar grantlar, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari orqali qöllab-quvvatlanadi. Şuningdek, ğoliblar vençur fondlaridan investitsiya jalb qiliş imkoniyatiga ega böladi.

Mutaxassislar fikriça, tibbiyotni raqamlaştiriş orqali kasalliklarni erta aniqlaş, surunkali xastaliklarni başorat qiliş, teletibbiyot xizmatlarini kengaytiriş va salomatlikni real vaqtda kuzatiş imkoniyati yaratiladi. Loyiha Soğliqni saqlaş vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Jöqorği Kenges, IT Park Uzbekistan va Uzinfocom tomonidan taşkil etilgan. Taşabbusga Yandex Uzbekistan, Uzum, Click, ZTE, Central Asian University, New Uzbekistan University va AKFA kabi yirik kompaniyalar ham kömak bermoqda.