Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metropoliten qurilishida tuproq ostida qolgan beshinchi odam jasadi olib chiqilib, shaxsi aniqlangan
Foto: KUN.UZ
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida halok bo‘lgan beshinchi fuqaro ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
FVV xabariga ko‘ra, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatdan so‘ng olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida bu yerda halok bo‘lgan beshinchi fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqilgan va uning shaxsi aniqlangan.
U 1996 yilda tug‘ilgan I.Rahmatovdir.
«Hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.
Hozirda, Hukumat komissiyasi tomonidan halok bo‘lgan fuqarolarning yaqinlariga zarur bo‘lgan yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:09 / 21.05.2024
Yunusobodda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi
12:11 / 06.05.2024
Kimnidir bosib qolishi kerakmi? Yunusobodda “zamhokim”ning ham “tishi o‘tmayotgan” masala haqida
12:57 / 05.05.2024
Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi
19:19 / 16.04.2024