Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grin-karta javoblari 3 may kuni chiqadi
Natijalarni Toshkent vaqti bilan 2025 yil 3 may soat 21:00 dan boshlab dasturning rasmiy sayti – dvprogram.state.gov orqali tekshirish mumkin bo‘ladi.
Ochiq manbalardan olingan surat
AQShning Xilma-xillik viza dasturiga 2026 yil uchun berilgan arizalar (DV-2026) javoblari 2025 yil 3 may kuni e’lon qilinadi.
Arizachilar shu kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab dasturning rasmiy sayti – dvprogramm.state.gov orqali natijani tekshirishlari mumkin.
Arizalar o‘tgan yili 2 oktyabrdan 7 noyabrgacha qabul qilingandi.
Xilma-xillik viza dasturi – AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari tarixan kam bo‘lgan xalqlar vakillariga Amerikaga ko‘chib borib yashash imkoniyatini beradi.
Ko‘plab millatlar qatori, har yili millionlab o‘zbeklar ham bu dasturda qatnashadi.
Avvalroq AQSh ma’muriyati noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborishdagi hamkorligi uchun O‘zbekistonni boshqa mamlakatlarga namuna qilib ko‘rsatgandi.
Mavzuga oid
13:30
Shvetsiya bosh vaziri AQShning Grenlandiyani egallab olish tahdidlarini tanqid qildi
09:51
Kuba rahbari Trampning “kelishuv” bo‘yicha chaqirig‘ini keskin rad etdi
09:18
Tramp: Eron rahbarlari muzokara olib borishni istayapti
07:34