Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
Pxenyanga ko‘ra, Janubiy Koreya uchun atom yonilg‘isi bilan harakatlanuvchi suvosti kemalarini qurish to‘g‘risidagi kelishuv muqarrar ravishda qurollanish poygasini kuchaytiradi. KXDR Vashington va Seulning "to‘qnashuvga qaratilgan niyatlari"ga javoban qarshi choralar ko‘rishga tayyorlanmoqda.
Foto: YONHAPNEWS AGENCY
Shimoliy Koreya Seul va Vashington o‘rtasida atom energiyasi bilan harakatlanadigan suvosti kemalarini qurish bo‘yicha tuzilgan kelishuv mintaqada "yadroviy domino" effektiga olib keladi, deb hisoblaydi. Bu haqda 18 noyabr kuni e’lon qilingan, KXDR davlat axborot agentligi KMTA xabarida aytilgan.
"Janubiy Koreyaning atom suvosti kemasiga ega bo‘lishi, "mustaqil yadroviy qurollanish" yo‘lini tanlashning asosiy qadami sifatida, mintaqada "yadroviy domino" hodisasini va yanada jiddiy qurollanish poygasini muqarrar ravishda keltirib chiqaradi", – deyiladi bayonotda. KXDR AQSh va Koreya Respublikasining "to‘qnashuvga qaratilgan niyatlari" munosabati bilan "bunga mos keladigan, haqiqiy va munosib choralar" ko‘rishini ma’lum qildi.
Pxenyandagi pozitsiyaga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi bu kelishuv "nafaqat Koreya yarimorolida, balki butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasida harbiy xavfsizlik vaziyatini beqarorlashtiradigan va global miqyosda nazorat qilib bo‘lmaydigan yadroviy vaziyatni yuzaga keltiradigan jiddiy holatdir".
O‘tgan hafta Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon xavfsizlik va savdo sohasini o‘z ichiga olgan, submarinalar qurish rejalarini ham qamrab oluvchi AQSh bilan kelishuv tuzilganini e’lon qildi. Vashington, shuningdek, Seulga uranni boyitish va ishlatilgan yadroviy yonilg‘ini qayta ishlashga ruxsat berishni qo‘llab-quvvatladi.
Donald Tramp tomonidan Janubiy Koreyaning atom energetik qurilmalarga ega suvosti kemalarini qurishi va ekspluatatsiya qilishi g‘oyasi qo‘llab-quvvatlanishi Sharqiy Osiyo mintaqasida xavotir uyg‘otdi. 29 oktyabrda Li Chje Myon bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha Oq uy rahbari Seul uchun birinchi submarina "Filadelfiyada qurilishini" ma’lum qildi. Hozirda Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari tarkibida faqat dizel va elektr dvigateliga ega submarinalar mavjud.
Hozir atom dvigateliga ega suvosti kemalari olti davlat ixtiyorida bor: AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Hindiston. Boshqa qator mamlakatlar bunday submarinalarni hali faqat ishlab chiqmoqda. Ular orasida KXDR rahbariyati ham bu haqda bayonot berib kelmoqda.
Ekspertlar ogohlantirishicha, har ikki Koreya ham tez sur’atda qurollanish poygasiga tortilib bormoqda, shu bilan birga Shimoli-Sharqiy Osiyoning boshqa davlatlari ham mudofaa xarajatlarini oshirmoqda.
"Biz allaqachon qurollanish poygasi sharoitida ekanimizga hech qanday shubha yo‘q. Mintaqada AQSh ittifoqchilari orasida amerikaliklarning xavfsizlik borasidagi va’dalariga nisbatan xavotir ortib bormoqda", – dedi DW'ga bergan intervyusida Seuldagi Kunmin universitetining tarix va xalqaro munosabatlar professori Andrey Lankov.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
07:40 / 27.03.2026
Janubiy Koreya birinchi seriyali KF-21 qiruvchisini namoyish qildi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026