Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun so‘rovi: O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini qaysi tashkilotlar himoya qiladi?
Kun.uz muxbiri poytaxtda kichik so‘rovnoma o‘tkazdi va unda aholidan iste’molchilar huquqlarini qaysi tashkilotlar himoya qilishi haqida so‘radi.
So‘rovnoma ishtirokchilarining aksariyati O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini qaysi tashkilotlar himoya qilishini bilmasligini aytgan bo‘lsa, faqat ayrim respondentlargina bunday vakolatga Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (sobiq), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ega ekanligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra bir qator tashkilotlar tegishli sohalar bo‘yicha iste’molchilar huquqlarini himoya qiladi. Xususan, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi monopoliyaga va nohalol raqobatga qarshi kurashish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish kabi sohalarda vakolatli organ hisoblanadi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Ekologiya vazirligi va Tenxik jihatdan tartibga solish agentliklari ham ishtirok etadi.
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasida iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqli ekani belgilangan. Da’volar iste’molchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Gavhar Ziyodullayeva tayyorladi
Mavzuga oid
17:54 / 09.01.2026
“Prezidentni o‘g‘irlash normal emas” – o‘zbekistonliklar Venesueladagi operatsiyani qanday kuzatdi?
21:11 / 23.12.2025
Sotsiologlar rossiyaliklar uchun 2025 yilning asosiy voqealarini aytdi
14:26 / 13.10.2025
So‘rov: amerikaliklarning aksariyati RFga qarshi yangi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi
11:46 / 08.10.2025