Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Germaniya 4 mlrd dollarlik shartnomalar imzoladi
Foto: Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
O‘zbekiston va Germaniya umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzoladi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, hujjatlar kecha, 14 yanvar kuni, O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi doirasida imzolandi.
Shartnomalar quyidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi:
- «TissenKrupp», «Linde», «Takraf», «Simens» kompaniyalari bilan neft-gaz, neft-kimyo va energetika sohasida;
- «Opasko», «Akso», «Frezenius Medikal Kear» bilan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida;
- qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida «DiEmKey Bebi», «Nyu Texnologiyen» bilan;
- «Knauf» va «Falk Porshe Texnik» bilan qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida;
- «Plaza Otel» va «Rims Xotels end Rezors» kompaniyalari bilan mehmonxonalar qurish bo‘yicha.
Shuningdek, Germaniyaning «Doyche bank», «Kommersbank», «Landesbank», «KfV», «Aka bank» banklari bilan O‘zbekiston Respublikasida loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika tijorat banklariga kreditlar ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan umumiy qiymati 516 mln dollar bo‘lgan, energetika sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish va Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlashni nazarda tutuvchi kelishuvlar imzolandi.
Mavzuga oid
18:31 / 02.04.2026
Kogonda elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi
18:00 / 31.03.2026
Namangan viloyati salohiyati sun’iy intellekt asosida chuqur tahlil qilinadi
18:45 / 30.03.2026
Prezident 2026 yilda inflatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish vazifasini belgiladi
20:03 / 25.03.2026