Prezident Şavkat Mirziyoyevga 30 mart kuni 2026 yil I çoragida iqtisodiy körsatkiçlar prognozini ta’minlaş hamda jahon bozoridagi beqaror vaziyatning milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytiriş yuzasidan axborot berildi.

Inflatsiyani joriy yilda 6-6,5 foiz doirasida saqlab qoliş eng muhim vazifalardan biri ekaniga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, jahon bozorida neft narxining keskin qimmatlaşi transport va neft-kimyo mahsulotlari tannarxiga ta’sir körsatayotgani, polietilen va polipropilen narxlarida ham ösiş kuzatilayotgani aytildi. Şu bois, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining importi, transport-logistika masalalari va muqobil yölaklardan foydalaniş böyiça tezkor çoralar köriş vazifasi qöyildi.

Bundan taşqari, tadbirkorlarning xomaşyo, bozor va kredit bilan boğliq muammolarini hozirdan hal etiş muhimligi ta’kidlandi.

Eksportçilar tomonidan kötarilayotgan asosiy masalalardan biri transport-logistika ekani, jahonda röy berayotgan voqealar ta’sirida eksport yuk taşişlarida uzilişlar va qimmatlaşuv jiddiy xavotir uyğotayotgani ta’kidlandi.

Şu munosabat bilan qöşni davlatlar bilan transport va savdo masalalari böyiça yaqin hamkorlikni kuçaytiriş, oziq-ovqat mahsulotlarini aviataşuv orqali eksport qiliş va tadbirkorlar uçun arzonlaştirilgan tariflarni joriy etiş çoralarini köriş topşirildi.

Xorijiy investitsiyalar masalasi ham atrofliça körib çiqildi. Tahlikali xalqaro vaziyat ayrim loyihalar ijrosiga ta’sir körsatişi mumkinligi bildirildi. Şu munosabat bilan amalga oşirilayotgan har bir loyihani muntazam tahlil qilib boriş va investorlar bilan kunlik muloqot örnatiş vazifasi belgilandi.

Bank-moliya sohasida biznesni qöllab-quvvatlaş uçun ajratilayotgan kreditlar dinamikasi ham körib çiqildi.

Yiğilişda qayd qilinişiça, yilning dastlabki ikki oyida sanoat 7,7 foizga, xizmatlar 15,4 foizga ösdi, 3,5 milliard dollarlik eksport amalga oşirildi va 8,3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi.

Yil boşidan 9 ta viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga respublika budjetidan qöşimça 2,3 trillion söm va 500 million dollar mablağ yönaltirildi. “Yangi Özbekiston qiyofasi” maqomi berilgan 33 ta tuman va 330 ta mahalla uçun mahalliy budjetlarga 3,9 trillion söm ajratildi. Oğir toifadagi 37 ta tuman va 903 ta mahallaga jami 3,9 trillion söm hamda mahalliy budjetlardan 1,3 trillion söm, 283 ta “drayver” loyihalarga birinçi bosqiçda 1 trillion söm ajratildi.