Sport | 09:31 / 08.10.2018
11381
2 daqiqa o‘qiladi

Paraosiyo o‘yinlarida yana ikkita oltin. O‘zbekistonlik sportchi Osiyo rekordini o‘rnatdi

Jakartada Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan yana ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi oltin medal sohibiga aylandi.

Kamolaxon Abdullayeva uzunlikka sakrash, Aleksandr Svechnikov nayza uloqtirish bahslarida g‘olib chiqib, terma jamoa hisobiga navbatdagi oltin medallarni qo‘shib qo‘yishdi.

Aleksandr Svechnikov  / Foto: Paraosiyo o‘yinlari rasmiy sayti

Ma'lumot uchun, Kamolaxon Abdullayeva Paraosiyo o‘yinlarida ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritgan dastlabki sportchi bo‘ldi.

Kamolaxon Abdullayeva / Foto: Paraosiyo o‘yinlari rasmiy sayti

Musobaqalarning birinchi kunida o‘zbekistonlik to‘rt nafar atlet suzish bahslarida 2 ta oltin va 2 ta kumush medallarni qo‘lga kiritishgan edi. Shu tariqa, hozirga kelib O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 4 taga yetdi.

E'tiborlisi, erkaklar o‘rtasida S13 yo‘nalishida 400 metrga erkin suzish bo‘yicha ishtirok etgan Dmitriy Xorlin barcha raqiblarini ortda qoldirish bilan birga Osiyo rekordini o‘rnatdi. U o‘z chiqishini 4 daqiqa 9,23 soniyada yakunlab, qit'a rekordini yangilagan. Bundan avvalgi rekord 4 daqiqa 26,98 sekundni tashkil etgan.

O‘ngdan birinchi - Dmitriy Xorlin
Foto: Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Mavzuga oid