O‘zbekiston | 11:02 / 30.08.2022
21163
2 daqiqa o‘qiladi

“Bu onlar albatta yodda qoladi, ammo bu yerga yetib kelish uchun har biringiz katta mehnat qilgansiz” – Shavkat Mirziyoyev

Poytaxtning Ko‘ksaroy qarorgohida prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga asosan faxriy unvonlarga loyiq ko‘rilganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir boshida davlat rahbari nutq so‘zladi.

Foto: Kun.uz

“Xabaringiz bor, turli soha va tarmoqlarda barchaga ibrat va namuna bo‘lib mehnat qilayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.

An’anaga muvofiq, bugun sizlarga mana shu faxrli unvon, orden va medallarni topshirish uchun yig‘ildik. Davlatimizning oliy mukofotlarini siz azizlarga – o‘z egalariga topshirish men uchun haqiqatan ham katta sharafdir.

Har bir mukofotlangan inson o‘z mehnati bilan boshqalarga namunadir. Bu onlar albatta yodda qoladi, ammo bu yerga yetib kelish uchun har biringiz katta mehnat qilgansiz. Bugun hamma sizlarga havas bilan qarayapti. Ilohim mana shu havas sizlarni tark etmasin” – prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, prezident tomonidan mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, O‘zbekistonda ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qator shaxslar faxriy unvonlar bilan taqdirlangani to‘g‘risidagi to‘g‘risidagi farmon imzolangan.

Mavzuga oid