Samarqand şahridagi Kongress markazida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar podşohligi podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning muzokaralari bölib ötdi.
Siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almaşinuvni yanada rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv avvalida Iordaniya podşohi davlat rahbariga taşrif bilan kelişga taklif qilgani hamda Iordaniya delegatsiyasiga körsatilayotgan iliq va samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi.
Diplomatik munosabatlar tarixidagi ilk oliy darajadagi taşrif ikki tomonlama hamkorlikda yangi bosqiçni boşlab berişi va uni keng qamrovli şeriklik darajasiga kötarişga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Özbekiston va Iordaniya örtasidagi an’anaviy döstlik va köp qirrali amaliy hamkorlik munosabatlari mustahkamlanib borayotgani, ikki mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar strategiyalari öxşaşligi qayd etildi.
Yetakçilar Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik olib borilayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, taşabbuslarni özaro qöllab-quvvatlaşni faol davom ettiriş zarurligini ta’kidladilar.
Ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari örtasidagi konstruktiv muloqotni va idoralar örtasidagi yaqin aloqalarni davom ettiriş zarurligi qayd etildi.
Ikki tomonlama savdo körsatkiçlarini karrasiga oşiriş, qöşma investitsiya loyihalari va savdo şartnomalarini amalga oşirişga tayyorlik tasdiqlandi.
Kimyo va töqimaçilik sanoati, "aqlli" qişloq xöjaligi, geologiya, soğliqni saqlaş va farmatsevtika, turizm va boşqa tarmoqlarda kooperatsiyani kengaytirişga kelişib olindi.

Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşini işga tuşirib, joriy yil yakunigaça ularning ilk yiğilişlarini ötkaziş taklifi bildirildi. Ikki mamlakatning yetakçi kompaniya va işlab çiqaruvçilari iştirokida Özbekiston–Iordaniya biznes forumining ötkazilişi işbilarmon doiralar örtasida uzoq muddatli şeriklik aloqalarini örnatişga xizmat qiladi.



















