O‘zbekiston | 08:58 / 24.10.2023
14171
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

“Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Erkin Kamolov Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

E.Kamolov 1987 yilda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2009 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.

Mavzuga oid