Andijon va Navoiy viloyatlarida noqonuniy tarzda yer sotmoqçi bölgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Uluğnor tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda “S.Yo.” MÇJ rahbari X.M. fuqaro M.A.ning işonçiga kirib, MÇJga Uluğnor tumani “Kiçik sanoat zonasi” hududidan ajratilgan 40 sotix yerni tanişlari yordamida 100 000 dollar evaziga uning nomiga rasmiylaştirib olib berişini aytib, oldindan 50 000 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Nurota tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Nurotatumangaz” bölimi sobiq rahbari Ş.I. fuqaro S.N.ning işonçiga kirib, unga gaz ta’minoti bölimi hududidagi 3 sotix yerni olib berişi evaziga 1 000 dollar va 79 mln sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















