2024 yil iyun oyida Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida erini urib öldirgan ayol 12 yilga qamaldi. Bu haqda «Ovoza» teledasturi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 1955 yilda tuğilgan erkak özining ruhiy kasal qizi va şar’iy nikohida bölgan xotini tomonidan qasddan öldirilgan. Ayol erining qizi bilan reja tuzib, qatiq içiga dori solib, eriga içirgan. Söngra erkakning huşsizligidan foydalanib, uni yoğoç bölagi bilan boşiga urib, öldirgan. Ayol va qiz jasadni yaşiriş uçun uni hovlidagi oğilxonaga kömib qöygan.

Ayol sudda marhum eri qizi va öziga muntazam ruhiy va jismoniy tazyiq ötkazgani, u qotillikni zulmdan bezib ketgani uçun sodir qilganini aytgan.
Sud hukmiga köra, ayol Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Erkakning qiziga qanday çora körilgani xabarda keltirilmagan.













