Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
22 yoshli yigit ishdan bo‘sh vaqtlari uyali aloqa vositalari do‘konida savdo ishlariga yordamlashgan hamda odamlar nomiga 140 mln so‘mdan ortiq onlayn kredit rasmiylashtirib, qimorga tikib yuborgan. U yetkazgan zararni qoplash uchun o‘z uyini sotishga majbur bo‘ldi.
Uchquduqda odamlar nomiga onlayn kredit olib, qimorga yutqazib qo‘ygan yigit jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, 2002 yilda tug‘ilgan J.A. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli GMZda elektromontyor bo‘lib ishlab kelgan. U ishdan bo‘sh vaqtlarida Uchquduq tumani markaziy dehqon bozori hududida joylashgan uyali aloqa vositalari do‘konida sotuv ishlariga ko‘maklashgan.
J.A. do‘konda asosan mijozlarga telefon sotib olish uchun onlayn kredit rasmiylashtirib berish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik esa ushbu amaliyot bajarilgan telefondagi ilovada mijozlarning kredit tarixi saqlanib qolganidan foydalanib, ularning nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib olgan.
Elektromontyor 2024 yilning iyun oyidan avgust oyiga qadar 12 kishining nomiga kredit chiqargan. Jumladan, u I.U. nomiga 8,5 mln so‘m, J.E. nomiga 13 mln so‘m, A.E. nomiga 17 mln so‘m, T.T. nomiga 2,2 mln so‘m, Sh.T. nomiga 8,6 mln so‘m, S.A. nomiga 9 mln so‘m, K.A. nomiga 13,8 mln so‘m, V.S. nomiga 8,8 mln so‘m, B.B. nomiga 24,8 mln so‘m, F.M. nomiga 15 mln so‘m, H.R. nomiga 13,5 mln so‘m hamda A.U. nomiga 6,5 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan. Shuningdek, fuqaro A.U.ning 9,2 mln so‘mlik oylik ish haqi ham o‘zlashtirib olingan.
J.A. rasmiylashtirilgan kredit mablag‘larini o‘zining foydalanuvidagi ilovada saqlanib qolgan M.E. nomiga rasmiylashtirilgan virtual kartaga 1 mln so‘mdan o‘tkazib borgan. So‘ngra esa virtual kartadagi mablag‘larni onlayn qimorga tikib, yutqazib qo‘ygan.
J.A. sudda aybiga to‘liq iqror bo‘lgan hamda otasi yo‘qligini, onasi bilan birga yashashini, o‘z uyini sotib, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplaganini bildirgan. U suddan o‘ziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi hukmi bilan J.A. Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “b,v” bandlari, 169-moddasi (o‘g‘irlik) 3-qismi “a,b” bandlari va 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b,g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Oldinroq Buxoroda o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yuborgan 16 yoshli bola qamoqqa olingani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gurjistonda muxolifat yetakchisi Nika Meliya qo‘lga olindi
Jahon | 09:34
-
Zelenskiy: TAURUS'ni Ukrainaga yetkazib berish Mers bilan muhokama qilindi
Jahon | 09:13
-
Kellog: Rossiyaning NATO kengayishi haqidagi xavotirlari «adolatli»
Jahon | 08:50
-
Yirik soliq to‘lovchilardan davlat budjetiga tushumlar miqdori aytildi
Iqtisodiyot | 08:40
Mavzuga oid

19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025