Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning «Tinchlik Kengashi» to‘rt oy ichida birorta rasmiy badal olmadi
2026 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishda Tramp 17 milliard dollarlik badal to‘plangani haqida e’lon qilgan edi. Aslida vaziyat umuman boshqacha ekani ta’kidlanmoqda.
Foto: Markus Schreiber / AP
AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan «Tinchlik Kengashi» (Board of Peace, BoP) jamg‘armasi to‘rt oy davomida homiylardan birorta rasmiy badal olmadi. Bu haqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
«Tinchlik Kengashi» 2026 yil yanvar oyida Trampning G‘azo sektori bo‘yicha tinchlik rejasi doirasida tashkil etilgan. Tashkilot BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan. Tramp unda doimiy rais hisoblanadi.
2026 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishda Tramp 17 milliard dollarlik badal to‘plangani haqida e’lon qildi. Shundan 10 milliard dollari AQShdan, 7 milliard dollarga yaqini boshqa to‘qqizta davlatdan «kelgan».
Ta’kidlanishicha, aslida, Jahon banki tomonidan boshqariladigan moliyaviy fond (Financial Intermediary Fund for Gaza Reconstruction and Development) «nol dollar» oldi.
«Tinchlik kengashi» vakili ba’zi badallar Jahon bankining shaffof mexanizmini chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri JPMorgan hisobiga tushayotganini aytdi. Biroq, bu o‘tkazmalarning aniq summalari va tafsilotlari noaniqligicha qolmoqda. Masalan, Marokashning 20 million dollar miqdoridagi kichik hissasi tilga olinadi.
Kechikish sabablari:
-
Siyosiy va huquqiy to‘siqlar;
-
Bajarilmagan shartlar, jumladan HAMASni qurolsizlantirish;
-
Mintaqadagi keskinlik, jumladan Eron bilan munosabatlar;
-
Yevropa ittifoqchilari va BMT an’anaviy tuzilmalariga muqobil yoki raqobatchi sifatida «Tinchlik Kengashi»ni ko‘radigan bir qator mamlakatlarning skeptitsizmi.
Shov-shuvli e’lonlarga qaramay, G‘azoni tiklash loyihalari to‘sib qo‘yilgan. Birorta shartnoma imzolanmagan, «birorta g‘isht terilmagan».
«Tinchlik Kengashi»da doimiy a’zo maqomini olish uchun 1 milliard dollar miqdorida badal talab etiladi. Aks holda, uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik muddat.
G‘azoni tiklashning umumiy bahosi 70 milliard dollarga baholanmoqda. Biroq, haqiqiy moliyalashtirish yo‘qligi sababli, ulkan rejani amalga oshirish so‘roq ostida qolmoqda.
Mavzuga oid
21:07
Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi
13:56
AQShda 250 dollarlik banknota chiqarilishi mumkin. Unga Tramp tasviri tushiriladi
21:33 / 28.05.2026
AQSh va Eron 60 kunlik sulhni kelishdi, biroq Tramp hali uni ma’qullamadi
12:54 / 28.05.2026