Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh murabbiy: Erkin kurashchilarimizga mashg‘ulotlardan so‘ng ko‘chada kamroq yurish haqida uqtiramiz
Indoneziyada Osiyo o‘yinlari doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun.uz muxbiri erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Olimjon Hikmatov bilan suhbat uyushtirdi. Suhbat davomida Yunusobod tumanidagi tungi klubda ro‘y bergan fojia oqibatida vafot etgan Jamshid Kenjayev mavzusi ham tilga olindi.
“Men oldin yoshlar bilan ko‘p ishlaganman. Ularga doimiy ravishda odob-axloq, xatti-harakat, o‘zini tutish, maktabda o‘qish, uydagi ishlarga yordamlashish kerakligi haqida gapirish kerak. Mashg‘ulotlardan so‘ng ko‘chada kamroq yurish haqida uqtiramiz. Kechki mashg‘ulotlarda atayin kattaroq yuklamalar beramizki, keyin bularda boshqa narsaga kuch ham qolmasligi kerak.
Ko‘p voqealar bo‘lgan. Masalan, bir bola mashg‘ulotga kelmaydi. Uyiga qo‘ng‘iroq qilib so‘rasangiz, har kuni mashg‘ulotlarga boryapti, deyishadi. Keyin kompyuterxonalar, shunga o‘xshash joylarni qaranglar, o‘sha yerda bo‘lishi mumkin, deyman. Haqiqatdan ham o‘sha yerda o‘tirgan bo‘ladi.
Men bolalarga ham ko‘p aytaman: ko‘chada biron narsa bo‘ldimi, yaxshisi aralashmanglar. Yakkama-yakka olishuvda sizlarga hech kimning kuchi yetmaydi, ammo ko‘chada ko‘pchilik bo‘lib urishlari ham mumkin. Ota-ona, uy, yaqinlarni o‘ylanglar, deyman”, - deydi Olimjon Hikmatov.
Mavzuga oid
11:11 / 17.09.2025
O‘zbekistonlik kurashchi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
19:13 / 13.05.2024
Erkin kurash. Magomed Ibragimov 39 yoshida faoliyatini yakunladi
14:06 / 25.08.2021
Erkin kurash jamoasi bosh murabbiyi: «Tokioda shogirdlarimdan ko‘proq narsa kutgan edim»
09:35 / 23.09.2019