Nur-Sultonda ötgan jahon çempionatining sönggi kunida erkin kuraş böyiça Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Olimjon Hikmatov musobaqa borasida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Qozoğiston poytaxtidan xabar bermoqda.

Eslatib ötamiz, jahon birinçiligida özbekistonlik erkin kuraşçilar bitta bronza va bitta olimpiya litsenziyasi bilan çeklanişdi. Ikkala yutuq ham Hasanboy Rahimovga tegişli.

Hasanboy Rahimov (öngda)

Oçkolar böyiça umumjamoa hisobida Özbekiston termasi 8-örinni egallab, 10 yil içida ilk marta Jahon kubogi yöllanmasini qölga kiritdi.

«Albatta, Jahon çempionatidan biroz yaxşiroq natija kutgandik. Bitta medal va bitta litsenziya oldik, ammo 1-2ta medal va 2-3ta litsenziyaga umid qilgandik», – dedi terma jamoa ustozi Olimjon Hikmatov.

Murabbiy jamoa yetakçilaridan Bekzod Abdurahmonov va Magomed Ibragimovning sovrinsiz qolganini ta'kidlab ötdi.

«Erkin kuraş böyiça asosiy sportçilarimiz – -74 va -97 kg vazn toifalaridagi vakillarimiz medal ola olişmadi. -125 kilogrammda esa ellik foiz işonçimiz komil edi – yakunda yagona litsenziyani Hasanboy Rahimov qölga kiritdi.

Magomed Ibragimov ham juda yaxşi jang qildi. Amerikalik raqibga yutqazib qöydi. Agar amerikalik sportçi yarim finalda ğalaba qozonganida edi, Magomed Ibragimovda litsenziya oliş imkoniyati bölardi. Menimça, u bu imkoniyatni qöldan çiqarmagan bölardi», – dedi Hikmatov.

Bekzod Abdurahmonov

Şunga qaramay, erkin kuraşçilarda hali Olimpiada yöllanmasini qölga kiritiş imkoniyati bor. Ular 2020 yil bahorida saralaş turnirlari orqali litsenziya olişlari mumkin.

«Bekzod Abdurahmonov va Magomed Ibragimov Osiyo yoki jahon miqyosidagi saralaş turnirlari orqali litsenziya olişadi, deb umid qilaman. Mart oyi oxirida Xitoyda Osiyo böyiça, aprel oxirida Bolgariyada esa jahon böyiça saralaş musobaqasi ötkaziladi. Abdurahmonov va Ibragimov – jamoamiz yetakçilari, ular bu turnirlar orqali yöllanma olişlariga işonaman.