Çapdan öngga: Ğulomjon Abdullayev, Olimjon Hikmatov, Bekzod Abdurahmonov

Tokioda ötkazilgan olimpiada öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi 5 ta sport turi böyiça medallarni qölga kiritdi. Xususan, erkin kuraşçilar bitta medal olişdi. Erkin kuraş böyiça Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Olimjon Hikmatov bilan kiçik suhbat uyuştirib, uning Tokio olimpiadasidan olgan taassurotlari bilan qiziqdik.

– Olimjon aka, Tokio olimpiadasidagi natijalardan könglingiz töldimi? Şogirdlaringiz işonçni oqlaşdimi?

– Töğrisi, şogirdlarimdan köproq narsa kutgan edim. – 57 kg vazndagi Ğulomjon Abdullayev hali kattalar örtasidagi musobaqalarda katta tajribaga ega emas. Lekin uning ham medallarga ilinişini kutgandik. Aslida u kutganimizdan ham yaxşiroq kuraşdi. Birinçi bosqiçda xitoylik raqibini yengdi, ikkinçi davrada esa rossiyalik Zaur Uguyevga imkoniyatni boy berdi. Uguyev ikki karra jahon çempioni. Jang davomida Ğulomjon ustunlik qilib, ğalabaga yaqin keldi ham, lekin tajriba baribir öz sözini aytdi.

Agar şu tösiqdan öta olganida, oltin olişi ham mumkin edi. Çunki yarimfinalda kuraşgan hindistonlik va eronlik sportçilarni Ğulomjon avval mağlub etgandi. Ğulomjon Uguyevga qarşi kuraşda boldiridan jarohat oldi. Kerakli muolajalarni qilganimizga qaramay, bronza yölida amerikalik sportçiga qarşi töliq kuç bilan kuraşa olmadi.

Bekzod Abdurahmonovning medal olişiga 80 foiz işonçim bor edi. U ham rossiyalik jahon çempioni Zaurbek Sidakovga imkoniyatni boy berdi. Uni mağlub eta olganida, balki oltin olardi.

– 86 kg vaznda Javrail Şapiyev qatnaşdi. U keyinçalik çempion bölgan eronlik sportçiga yutqazdi. Bronza uçun bahsda rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Lekin Şapiyevning kuraşidan qoniqmadim. Yutqazganidan taşqari, özini ijobiy tomondan körsatmadi. Olimpiada oldidan köproq Rossiyada tayyorgarlik körgandi. Balki maşğulotlar töliq ötkazilmagandir.

Tokioda kamida ikkita medal böladi, deb öylagandim. Lekin rahbariyatga bitta medal böladi, deb aytgandik va şunday böldi. Olimpiada boşqa darajadagi musobaqa. Magomed Ibragimov birinçi bosqiçda turkiyalik raqibiga juda oddiy tarzda mağlubiyatga uçradi. Aytganimdek, ular Rossiyada tayyorgarlik körişgandi.

– Olimpiada öyinlaridan keyin taqdirlanganlar orasida sizni körmadik. Tabiiyki, siz hamon erkin kuraş milliy jamoasi boş murabbiyimisiz, degan savol tuğiladi.