Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta davomida juda issiq havo saqlanib turadi
Yaqin kunlarda havo harorati +40...+43 darajagacha, janubda ba’zi joylarda +44...+45 darajagacha isiydi.
Foto: Kun.uz
Bugun va keyingi kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari havo harorati +40...+43 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +44...+45 darajagacha bo‘lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.
Ish haftasining ikkinchi yarmida ham issiqning sezilardi darajada pasayishi kutilmaydi. Harorat asosan kunduz kunlari +38...+41 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +42...+43 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asosan kechalari +23...+28 daraja bo‘ladi.
Ushbu kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Harorat asosan kechalari +23...+26 daraja, kunduz kunlari 21–23 iyulda +40...+42 daraja, 24–25 iyulda +38...+40 daraja bo‘ladi.