Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taksilar «To‘xtash taqiqlangan» belgisi amal qiluvchi joyda to‘xtashi mumkin bo‘ladi
Foto: Pinterest
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan 2019 yil 1 apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi ijara shartnomasini tasdiqlash uchun davlat boji stavkasi amaldagisiga nisbatan ikki barobar pasaytiriladi.
Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda «UzTrans» yagona interaktiv axborot tizimi yaratilishini ta'minlaydi.
2019 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
yo‘nalishli taksilar uchun talab etiluvchi to‘lov terminallari, taksometr hisoblagichlar va radioaloqa qurilmalari almashtirilayotgan uskunalar funksiyalarini ta'minlaydigan maxsus ilovalarga ega qurilmalar (mobil telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) bilan almashtirilishi mumkin;
yo‘nalishli taksiga qonunchilik bilan talab etiluvchi rangni o‘zi yopishuvchi materiallardan foydalanish yo‘li bilan bo‘yash zaruratisiz berish;
yo‘nalishli taksi sifatida ishlatiluvchi va tashqi hamda ichki bezak yagona belgilari bilan jihozlangan yengil avtomobillar yo‘nalishli transport vositalari harakatining maxsus yo‘lagidan yurishi, shuningdek, «To‘xtash taqiqlangan» belgisi amal qiluvchi joyda to‘xtashi mumkin;
xalqaro avtomobil tashuvlari uchun xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar olish uchun ariza qabul qilingan kundan e'tiboran bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 iyuldan qator talablar bekor qilinishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:56 / 24.03.2026
O‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
08:03 / 20.03.2026
Infografika: dunyoning yirik shaharlarida taksi narxi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026