Infografika mualliflari asos sifatida yo‘lovchini olish to‘lovini ham qo‘shgan holda besh kilometrlik safar qiymatini olgan. Ular Deutsche Thematic Research/Numbeo ma’lumotlaridan foydalangan.
Eng qimmat taksi Shveytsariyada aniqlangan. Bu mamlakat shaharlari reytingning dastlabki uch o‘rnini egallagan. Peshqadam Tsyurix bo‘lib, u yerda qisqa safar o‘rtacha 23,5 AQSh dollariga tushadi. Shuningdek, Oslo (Norvegiya), Kopenhagen (Daniya) va Stokholm (Shvetsiya) shaharlarida ham taksi narxlari yuqori ekani qayd etilgan. U yerlarda qisqa safar qiymati mos ravishda 19,8 dollar, 17,1 dollar va 15 dollarni tashkil etgan.
Eng arzon taksi esa Karachida (Pokiston) qayd etilgan. U yerda qisqa safar 0,5 AQSh dollariga tushadi. Shuningdek, Qohira (Misr) va Xoshiminda (Vetnam) ham narxlar past bo‘lib, ular mos ravishda 0,8 dollar va 1,1 dollarni tashkil etgan.
Tadqiqotchilar bahosiga ko‘ra, Moskvada qisqa safar o‘rtacha 4,7 dollarga tushadi. Rossiya poytaxti bu ko‘rsatkich bo‘yicha Santyago (Chili) va Istanbul (Turkiya) oralig‘idan joy olgan.
Infografika tuzilishida Uber kabi zamonaviy agregatorlar emas, balki hisoblagich bilan ishlaydigan an’anaviy taksi turlari inobatga olingan.












