O‘zbekiston | 17:05 / 05.03.2019
68813
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident yuk va yo‘lovchi tashish tizimiga oid yangi qaror imzoladi. 1 iyuldan qator talablar bekor qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va «O‘zstandart» agentligining 2019 yil 1 iyuldan e'tiboran quyidagilarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi:

a) xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan shatakchi avtomobillarga litsenziya kartochkalarini berish uchun davlat bojini to‘lash tartibi;

b) quyidagilarni majburiy sertifikatlash:

«Yevro-5» va «Yevro-6» ekologik sinflari talablariga javob beradigan, Yevropa ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan hamda olib kiriluvchi yangi yuk va maxsus avtotransport vositalarni, shuningdek, yuklarni avtomobil transportida tashish uchun tirkama va yarim tirkamalarni;

transport-ekspeditorlik xizmatlarini;

v) yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjudligi to‘g‘risidagi talabni, agar chek berilishi yoki yo‘lovchi safarini elektron ro‘yxatga olish imkoniyati mavjud bo‘lsa;

g) malaka talablariga muvofiqlik uchun attestatsiyadan o‘tish to‘g‘risidagi talab:

avtomobil transportida yuk tashish bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar;

korxona shtatida avtotransport vositalari ekspluatatsiyasi va tashuvlar xavfsizligini ta'minlash uchun mas'ul bo‘lgan mutaxassis alohida birligi mavjud bo‘lganda, shuningdek, belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tganda, yuridik shaxsning rahbari;

d) avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslar balansida avtotransport vositalarining mavjudligi to‘g‘risidagi talab.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid