Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi harbiy unvonlarni bilasizmi?
Foto: Kun.uz
O‘zbekistondagi harbiy unvonlar ketma-ketligi qanday ekanligini bilasizmi? Adliya vazirligining Telegram messenjeridagi kanali ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi Qonunga asosan, Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida) Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek, mudofaa vaziriga beriladi.
Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha «adliya» yoki «tibbiy xizmat» so‘zlari qo‘shiladi.
Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste'fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha «rezervdagi», «zaxiradagi» yoki «iste'fodagi» degan so‘zlar qo‘shiladi.

P.S. O‘zbekiston armiyasi asosan quruqlikdagi qo‘shinlardan iborat. Tinchlik davrida eng oliy unvon generallik unvoni hisoblanadi. Shuningdek, Amudaryoda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasiga bo‘ysunuvchi harbiy-daryo kuchlari bor. Unda O‘zbekistonda oliy ofitserlik tarkibi — admirallik unvonlari nazarda tutilmagan.
Adliya vazirligining Telegram messenjeridagi @huquqiyaxborot kanalidan.
Mavzuga oid
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026