Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimliklarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari shaffoflashtiriladi, «E-qaror» tizimi ishga tushiriladi - Hukumat qarori
Vazirlar Mahkamasining «Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri («Davergeodezkadastr») davlat qo‘mitasi mahalliy hokimliklar tomonidan 1993 yil 18 sentyabrdan 2020 yil 1 martga qadar qabul qilingan jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish to‘g‘risida o‘z kuchida bo‘lgan qarorlarni 2020 yil 1 sentyabrgacha to‘liq xatlovdan o‘tkazib, tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilishni ta'minlaydi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — «E-qaror» tizimini sinov tariqasida ishga tushiradi.
Qarorda ta'kidlanishicha, «E-qaror» tizimi quyidagicha ishlaydi:
· Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorini ishlab chiqish va qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda e'lon qilish jarayonini boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan, zaruriyat tug‘ilganda, manfaatdor idoralar tomonidan loyihalarga elektron ko‘rinishda viza qo‘yish ta'minlanadi;
· Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishish bo‘yicha idoralararo elektron hamkorlik, shuningdek, ularni ishlab chiqish jarayoni monitoring qilinadi.
Hukumat qarori bilan «E-qaror» tizimini yaratish va joriy qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
«E-qaror» tizimi dastlab 2021 yilning yanvar–may oylarida Qashqadaryo viloyatida aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:00 / 02.07.2024
Urganch tumani qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19:13 / 23.05.2024
Fermerlarga ijara huquqini sotishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi qabul qilindi
13:45 / 05.03.2024
Xayrullo Bozorovning qarori bilan Farg‘ona shahri markazidagi 2 gektarlik ko‘l 24 kunlik firmaga berib yuborildi
18:50 / 20.02.2024