Özbekiston prezidenti 2025 yil 30 dekabr kuni korrupsiyaga kuraşişga oid farmon imzoladi.

Farmon bilan, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga quyidagi qöşimça vazifalar yuklatildi:

  • korrupsiyani oldini oliş böyiça davlat organlari va taşkilotlarida yagona huquqni qöllaş amaliyotini şakllantiriş hamda uslubiy yordam körsatib boriş;
  • davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi Milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimini joriy etiş;
  • amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş va ulardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf qiliş borasidagi faoliyatni muvofiqlaştiriş;
  • davlat organlari va taşkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori bölgan vazifa va funksiyalarini raqamlaştiriş böyiça takliflar va minimal talablarni işlab çiqiş;
  • “E-qaror” tizimida qabul qilinadigan hujjatlarni e’lon qilişda oçiqlikka oid qonunçilikka rioya etilişini nazorat qiliş va oçiqlikni ta’minlaş böyiça ta’sirçan çoralarni qöllaş;
  • xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan loyihalar böyiça qarorlar qabul qilişda korrupsiyaviy omillar, şu jumladan, manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş hamda oldini oliş.

E-qaror'da oçiqlik nazorati

“Belgilansinki, respublika va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimida asossiz ravişda e’lon qilmaslik, davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatining oçiqligi töğrisidagi qonunçilikni buziş deb hisoblanadi hamda tegişli javobgarlikka tortişga asos böladi”, – deyiladi farmonda.

Himoya orderi

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan şaxslarni mehnat qonunçiligining buzilişi, şu jumladan, mehnat faoliyatida ta’qib, tazyiq holatlaridan himoya qiliş maqsadida, Agentlik tomonidan himoya orderini beriş amaliyoti joriy qilinadi.

Içki nazorat bölinmalari

Davlat organlari va taşkilotlaridagi korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalarining faoliyati Agentlik bilan uzviy hamkorlikda taşkil etiladi.

Korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalarining rahbar va xodimlari faoliyatiga samaradorlik körsatkiçlari (KPI) qöllanilmaydi. Ularga KPI'ga boğlangan ustamalar maksimal miqdorda tölanadi.