Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji va QQSdan ozod etiladigan asbob-uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar ushbu ro‘yxatga maxsus kodlari (TIF TN) kiritilgan yangi texnologik uskunalarga qo‘llaniladi.
Yangi texnologik uskunalar – “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan texnologik uskunalar hisoblanadi.
Ro‘yxatga 676 turdagi texnologik asbob-uskunalar, jumladan:
- sutga ishlov berish va uni ishlash uskunalari;
- non mahsulotlari, makaron, spagetti yoki shunga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqarish uskunalari;
- qandolat sanoati, kakao kukuni yoki shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar;
- go‘sht yoki parrandani qayta ishlash uchun uskunalar;
- kalava bo‘yash mashinalari;
- avtomatik tikuv mashinalari;
- 50 kishidan ortiq, lekin 300 kishidan ko‘p bo‘lmagan yo‘lovchi o‘rindiqlariga ega bo‘lgan fuqaro yo‘lovchi samolyotlari kiritildi.
Mavzuga oid
13:49 / 12.01.2026
Qozog‘istonda noqonuniy import kanali fosh etildi: amaldor va fuqaro qamoqqa olindi
11:54 / 03.01.2026
O‘zbekiston importida top-10: Turkiya, Koreya, Germaniya va Hindiston ham bor
12:05 / 09.12.2025
O‘zbekiston avtobus va mikroavtobus importini deyarli uch barobarga oshirdi
09:21 / 04.12.2025