Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda noqonuniy import kanali fosh etildi: amaldor va fuqaro qamoqqa olindi
Qozog‘istonda davlat chegarasi orqali tovarlarni noqonuniy olib kirish sxemasi bartaraf etildi. Korrupsiyaga oid ishni tergov qilish doirasida aholi iste’moli tovarlarini to‘siqsiz import qilishni tashkil etgan shaxslar ushlandi.
Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, MXQning korrupsiyaga qarshi kurash xizmati tomonidan noqonuniy import kanali fosh qilingan. Sud sanksiyasi bilan G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Davlat daromadlari departamenti boshqarmalaridan biri rahbarlaridan biri hamda poytaxt (Ostona)da yashovchi fuqaro ushlanib, qamoqqa olingan.
Protsessual tadbirlar davomida 100 mln tengedan ortiq miqdorda pora olingani hujjatlashtirildi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, davlatga yetkazilgan zarar 1,9 mlrd tengeni tashkil etgan (3,7 mln AQSh dollari).
Bu haqdagi axborot Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan ommaga e’lon qilindi.
Mavzuga oid
13:31
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026