Milliy statistika qömitasi ma’lumotlarida qayd etilişiça, 2025 yilning 11 oyi davomida Özbekiston 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oşirgan.

Şu davrda import hajmi böyiça eng yirik şeriklar top-10 taligi quyidagiça şakllangan (AQŞ dollarida):

  • Xitoy – 12,8 mlrd;
  • Rossiya – 7,8 mlrd;
  • Qozoğiston – 3 mlrd;
  • Turkiya – 1,7 mlrd;
  • Koreya Respublikasi – 1,5 mlrd;
  • Germaniya – 1 mlrd;
  • Hindiston – 1 mlrd;
  • Turkmaniston – 926,2 mln;
  • Belarus – 698,8 mln;
  • AQŞ – 656,1 mln.

Ma’lumotlarga köra, import hajmi böyiça birinçi örinda Xitoy, ikkinçi örinda Rossiya, uçinçi örinda esa Qozoğiston turibdi.