O‘zbekiston | 17:20 / 29.01.2022
1989
1 daqiqa o‘qiladi

«Ichon-Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida ayrim cheklovlar joriy qilinadi

Xorazm viloyati, Xiva shahrida joylashgan muzey-qo‘riqxonasiga 1 fevraldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari va korxona-tashkilotlarga tegishli transport vositalari kirishi taqiqlanadi.

Foto: KUN.UZ

Xalq deputatlari Xiva shahar kengashi tomonidan «Ichon-Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida ayrim cheklovlar joriy etilishi haqida qaror qabul qilindi.

Jumladan, 1 fevraldan boshlab, «Ichon-Qal’a» hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlari va korxona-tashkilotlarga tegishli transport vositalari muzey-qo‘riqxona hududiga kiritilmaydi.

Bu chora-tadbir tarixiy hudud yo‘llari buzilishining va madaniy meros obektlari yemirilishining oldini olish hamda aholi bilan turistlarning erkin harakatlanishini ta’minlash maqsadida joriy qilinmoqda.

«Ichon-Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida yashovchi aholi va tashkilotlarga tegishli avtomobillar uchun «Ota darvoza», «Bog‘cha darvoza», «Tosh darvoza» hamda «Polvon darvoza» hududiga yaqin joyda avtomobillar to‘xtash joylari tashkil qilinadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid