“Özgidromet” xabariga köra, 14 aprel soat 22:00 holatiga Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarining katta qismida 15-20 m/s tezlikda kuçli şamol kuzatilgan.
Buxoro, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlarida şamol tezligi 23-25 m/s gaça kuçayib, çang-tözonlar yuzaga kelgan.
Tungi soatlarda bu hududlarda yomğir yoğişni boşlab, çang-tözonlar asta bosila boşlagan, şu bilan birga, bugun ham saqlanib turişi mumkin.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ e’lon qilgan suratlarda Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi talafotlarni köriş mumkin. Hozirda elektr tarmoqlaridagi nosozliklarni bartaraf etiş çoralari körilyapti.
Xorazm viloyati





Qoraqalpoğiston Respublikasi


















