Ijarada yashovchi talabalar uchun to‘lovning yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi
Prezident O‘zbekistonda 130 mingdan ziyod talabalar ijarada yashayotganiga to‘xtalib, 1 maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab berilishini ma'lum qildi.
Yoshlar muammolarini yechishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari talabalarni qiynaydigan muammolarga to‘xtalib o‘tdi.
«Bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashamoqda. Bu masalani hal qilish bo‘yicha Hukumat tomonidan alohida dastur tayyorlanmoqda. Unga ko‘ra, bunday farzandlarimizga 1 maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Shu bilan birga, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablag‘i hisobidan ham qoplab beriladi.
Ishmetov ushbu maqsadlar uchun 100 milliard so‘m ajratsin. Buyam katta pul, lekin men bunga roziman. Qishloqdan kelgan farzandlarimiz davlat g‘amxo‘rligini his qilishi kerak.
Toshqulov, Ishmetov, rektor va viloyat moliya boshliqlari ikki hafta muddatda ijarada turgan talabalar bilan uchrashib, 1 maydan to‘lovlarni boshlasin», – dedi prezident.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov so‘zga chiqdi.
«2021-2025 yillarda 92500 yotoqxona o‘rinlari quriladi va bu 2017-2021 yillarga nisbatan 20 barobar ko‘p degani. Buning uchun 4,4 trln so‘m mablag‘ ajratiladi. Ko‘pchilik talabalarga o‘z uyini ijaraga berishni istamaydi. Endi to‘lovlar muammosi hal bo‘lgach, biz o‘zimiz talabalarga beriladigan uy-joylarni tekshirib ko‘ramiz», dedi vazir.
Mavzuga oid
14:43 / 19.10.2024
Samarqandda yangi talabalar yotoqxonasi sifatsiz qurilayotgani aniqlandi
14:25 / 27.08.2024
O‘qish boshlanyapti: yotoqxonaga joylashish bo‘yicha muhim savollarga javoblar
10:56 / 18.08.2024
1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayotgani sababi ma’lum qilindi
10:26 / 01.08.2024