Boş prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyati Asaka tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “A.X.” MÇJ rahbari M.X. qölga olindi. Qayd etilişiça, u muqaddam sudlangan.
Ma’lum qilinişiça, M.X. fuqaro I.O‘.ning işonçiga kirib, “Qadriyat” MFY hududida joylaşgan köp qavatli “umumiy yotoqxona” uyidagi xonadonlardan birini uning nomiga rasmiylaştirib berişini aytgan. U bu “xizmat” evaziga 4800 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.












