Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda bosh kotib lavozimiga rasmiy nomzod nomi e'lon qilinadi
Foto: © RIA
BMT Xavfsizlik kengashi 6 oktabrda xalqaro tashkilotning bosh kotibi lavozimiga rasmiy nomzod nomini e'lon qiladi. Bosh kotibni saylashdagi oxirgi qadam BMT Bosh assambleyasida nomzodga ovoz berish bo‘ladi. Hozircha ovoz berish sanasi belgilanmagan.
Ushbu lavozimga kurashdagi yetakchi nomzod nomi 5 oktabrda e'lon qilindi. Ovoz berishning 6-raundidan keyin Xavfsizlik kengashining barcha 15 a'zosi yagona nomzod Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrish bo‘lganini jurnalistlarga ma'lum qilishdi. Guterrish 2005-2015 yillar davomida BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari lavozimini egallagan. Hal qiluvchi 6-raundda Guterrish 13 ovoz oldi, birorta ham qarshi ovoz olmadi. Xavfsizlik kengashining 2 a'zosi betaraf qoldi.
"BMT Xavfsizlik kengashida rasmiy ovoz berish soat 10.00da (Toshkent vaqti bilan 19.00da) bo‘lib o‘tadi", deb ma'lum qildi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin.
BMT bosh kotibi rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haqning ma'lum qilishicha, Xavfsizlik kengashidan nomzod bo‘yicha tavsiya olingandan so‘ng, BMT Bosh assambleyasi raisi Bosh assambleyaning barcha 193 a'zosining ovoz berishi sanasini belgilaydi. Haqning aytishicha, 10 yil avval hozirgi bosh kotib saylanganda bu jarayon bir kunda yuz bergan, ya'ni avval Xavfsizlik kengashi, so‘ngra Bosh assambleya ovoz bergan.
BMT bosh kotibi lavozimiga 13 kishi kurash olib bordi, ulardan 7 nafari ayol kishi bo‘lgan. Guterrish ovoz berishning 1-raundidanoq yetakchilikni qo‘lga olgandi.
BMTning yangi bosh kotibi o‘z majburiyatlarini 2017 yil 1 yanvardan bajarishga kirishadi. Amaldagi bosh kotib Pan Gi Munning vakolatlari 2016 yil 31 dekabrda nihoyasiga yetadi. U bu lavozimni 2 ta besh yillik muddatdan so‘ng tark etmoqda.
Mavzuga oid
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
08:43 / 12.01.2026
Guterrish Eronda namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilishini keskin qoraladi
13:19 / 03.01.2026
BMT Isroilni gumanitar tashkilotlar litsenziyalarini bekor qilmaslikka chaqirdi
17:36 / 08.11.2025