Bugun, 22 dekabr kuni Toşkentdagi Simpoziumlar saroyida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qöşma yiğilişi bölib ötdi.

Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis va hukumat a'zolari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, şuningdek, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, şahar va viloyatlardagi mahalliy kengaşlarga saylangan xalq noiblari hamda barça böğindagi ijro hokimiyati va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat taşkilotlar va jamoatçilik vakillari, Özbekistonning 33 mamlakatdagi diplomatlari iştirok etdi.

Yiğilişda Özbekiston tarixida ilk marotaba Prezidentning parlamentga 2017 yilda amalga oşirilgan asosiy işlar yakuni va Özbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng ustuvor yönalişlariga bağişlangan Murojaatnomasi taqdim etildi.

«Davlat rahbari ta'kidlaganidek, köplab taraqqiy topgan mamlakatlarda davlat rahbarining milliy parlament a'zolari huzurida eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik rivojlantiriş böyiça Murojaatnoma bilan çiqiş tajribasi mavjud.

Davlat boşqaruvining bunday demokratik usuli, bugun Özbekistonda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga ğoyat uyğun va hamohang bölib, har birimizning iş faoliyatimiz samaradorligini yanada oşirişga xizmat qiladi.

Ta'kidlaş joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohotlarning dastlabki natijalari aholining hayoti va kundalik turmuşida özining yaqqol ifodasini topmoqda, odamlarning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga işonçi ösib bormoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident matbuot xizmati murojaatnomadagi asosiy jihatlarni keltirgan.

2017 yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangiça ma'no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oşiriş yölida birinçi qadamlar qöyildi. Jumladan, qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obekti işga tuşirildi. Bu kelasi yil qöşimça 1,5 trillion sömlik mahsulot işlab çiqariş imkonini beradi.

Milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi yölga qöyildi. 336 mingdan ziyod yangi iş örinlari taşkil etildi.