Dollar valuta birjasida 9400 so‘mlik nuqtadan o‘tdi

Foto: Zuma/TASS
O‘zbekiston Respublika valuta birjasida 29 avgust kungi savdolar natijasida so‘m 1 AQSh dollariga nisbatan qadrsizlandi. Bundan valuta birjasidagi ma'lumotlar darak beryapti.
Xususan, 28 avgust kungi savdolarda 1 AQSh dollari 9382 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 29 avgustda bu ko‘rsatkich 1 AQSh dollariga 9403 so‘mni tashkil etdi. Shu tariqa, birjada dollar kursi ilk marta 9400 so‘mlik nuqtadan o‘tdi.
29 avgust kuni birjada savdolar hajmi 97,89 mln dollarni tashkil qildi. Bir kun avval - 28 avgust kuni ushbu ko‘rsatkich 107,74 mln dollarga teng bo‘lgandi.
Bundan oldin so‘m iyul oyida mustahkamlangandi, o‘shanda 1 AQSh dollari uchun 8659 so‘mdan sotilgan, so‘ng eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi va 20 avgustda 1 AQSh dollari uchun 9384 so‘mdan savdo qilindi. Savdolar hajmi 154 million dollargacha keskin o‘sdi - bunday holat iyun oyidan beri sodir bo‘lmagan.
20 avgust kuni Markaziy bank valuta kurslari endi bozorda mustaqil shakllanishi haqida ma'lum qildi.
«Markaziy bank tomonidan valuta uchun belgilangan 0.5 foizli kurs tebranishi bekor qilindi. Bu farq endi valuta sotuvchilar va sotib oluvchilar tomonidan belgilanishiga qaror qilindi. 0,5 foizli chegirmaning borligi valuta bozori ishtirokchilari manfaati uchun zid, degan qarorga kelindi», - deya aytib o‘tdi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.
Bundan oldin, sotuvlarning birinchi kuni banklar tomonidan qancha naqd dollar sotilgani ma'lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda
Jahon | 23:15
-
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 22:33
-
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi
Jahon | 22:31
-
30 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:19
Mavzuga oid

22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti

17:15 / 20.04.2025
Respublika tovar-xomashyo birjasiga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

21:05 / 27.03.2025