Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika tovar-xomashyo birjasiga yangi boshqaruv raisi tayinlandi
Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Asadulla Qayumov «O‘zRTXB» AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.
Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi qaroriga asosan Asadulla Qayumov O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.
Asadulla Qayumov 1984 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2007 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2013 yil Yaponiyaning Veseda universitetining magistratura yo‘nalishini tamomlagan.
U 2022-2023 yillarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2023 yil yanvardan beri Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, prezidentining tegishli qarori bilan 2019 yildan buyon O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ziyoviddin Badriddinov esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori etib tasdiqlandi.
Mavzuga oid
22:24 / 07.04.2026
Birjadagi oxirgi 2 savdo sessiyasida dizel narxi 17,5 foizga qimmatlashdi
14:47 / 24.03.2026
Trampning neft narxini qulatgan bayonoti arafasida birjada shubhali bitimlar amalga oshirildi
20:28 / 15.12.2025
O‘zbekistonda chet el kompaniyalarining aksiyalari savdosiga ruxsat berilishi mumkin
12:26 / 26.05.2025