Jahon | 09:25 / 17.03.2019
20814
2 daqiqa o‘qiladi

Afrikada “fillar qirolichasi” nobud bo‘ldi

Foto: Uill Berrard-Lukas

Keniyada eng uzun dandon tishlarga ega filning joni uzildi. F_MU1 laqabi bilan ma'lum bo‘lgan urg‘ochi fil 60 yoshda bo‘lgan, uning o‘limiga qariligi sabab bo‘lgan.

Fil dandon tishi yergacha tegadigan Afrika fillarining oxirgilaridan bittasi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, bunday uzun tishli fillardan bor-yo‘g‘i 30 tagina qolgan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Filni suratga olgan britaniyalik fotosuratchi Uill Berrard-Lukas o‘z vaqtida “Agar fillarning qirolichasi bo‘lganda, bu unvonga aynan F_MU1 loyiq” deb aytgan.

“Uning dandon tishlari shunchalik uzun bo‘lganki, o‘z ortidan yerda ikkita jo‘yak qoldirardi. U hozirda yashayotgan o‘tmishni eslatuvchi jonzot kabi edi”, deb ta'kidlab o‘tgan fotosuratchi.  

Mavzuga oid