Jahon | 07:16 / 09.01.2026
6632
2 daqiqa o‘qiladi

Infografika: Afrikaning haqiqiy ko‘lami

Oddiy xaritalarga qaralsa, Afrika - nisbatan kichik qit’adek tuyuladi. Infografikada Afrika o‘lchamining dunyoning ayrim davlatlari va mintaqalari bilan nisbati ko‘rgazmali tarzda namoyish etilgan.

Foto: AP

Oddiy xaritalarga qaralsa, Afrika — nisbatan kichik qit’adek tuyuladi. Infografikada Afrika o‘lchamining dunyoning ayrim davlatlari va mintaqalari bilan nisbati ko‘rgazmali tarzda namoyish etilgan.

Merkator proyeksiyasining buzilishi sabab, Afrika Yevrosiyodan ancha kichikdek ko‘rinadi. Aslida esa Afrikaning maydoni Yevrosiyo maydonining yarmidan ham katta: 30,32 million km² (Afrika) 53,44 million km² (Yevrosiyo)ga qarshi.

Rossiya — dunyodagi eng katta davlat. U Afrikadan ham kattadek tuyulishi mumkin, ammo bu unday emas. Rossiyaning maydoni — 17 million km²dan sal ko‘proq.

AQSh (9,8 million km²), Xitoy (9,6 million km²) va Braziliya (8,5 million km²) ham dunyodagi eng katta 5 davlat qatoriga kiradi. Maydon jihatidan bu uch davlat gipotetik ravishda birgalikda Afrika hududiga sig‘ishi mumkin edi. Ammo unga Hindiston (3,3 million km²)ni qo‘shish uchun joy qolmas edi.

Shu bilan birga, Afrika hududida Rossiyaning Yevropa qismi hisobga olinmagan holda beshtadan ko‘proq Yevropani (5,9 million km²) joylashtirish mumkin bo‘lardi.

Mavzuga oid