Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada savdo markazida yong‘in chiqdi. Evakuatsiyadan keyin ichkarida odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin
Foto: TASS
Moskva sharqidagi «Persey dlya detey» savdo markazida yong‘in chiqdi. «Interfaks» ma'lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi jarohatlangan, bino ichidan 300 kishi olib chiqilgan.
Shu bilan birgalikda, agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ichkarida odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin.
«Moskva» agentligi manbasi esa jabrlanuvchilar soni ko‘proqligi, aniq sonlar ma'lum emasligini aytmoqda.
TASS muxbiri favqulodda vaziyatlar xizmatidagi manbasiga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, yong‘in binoning to‘rtinchi qavatida boshlagan. Bu qavat omborxonadir. «Interfaks» esa olov o‘chog‘i uchinchi qavatda bo‘lganini bildirmoqda.
RIA «Novosti» xabariga ko‘ra esa bino qurilishi yaxshi rejalashtirilmagani tufayli olov o‘chog‘iga yetib borish qiyinlashgani ma'lum qilingan.
Hozirda hududda o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
20:38 / 31.03.2026
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi
11:29 / 26.03.2026
Moskvada kurerlarni robotlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
11:05 / 17.03.2026