Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunni ma'qulladi
Bugun, 7 avgust kuni Oliy Majlis Senatining videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tayotgan oltinchi yalpi majlisi kun tartibidagi birinchi masala – «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.
Senator Mahmud Parpiyevning qayd etishicha, hozirgacha amal qilib kelgan «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun 1997 yilda qabul qilingan bo‘lib, u ta'lim sifatini ta'minlash bo‘yicha zamonaviy talablarga javob bermaydi.
«Yangi qabul qilinayotgan qonunda ta'lim muassasasi xodimlari, ta'lim oluvchilar va ota-onalarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ta'lim jarayoni qatnashchilarining ijtimoiy himoyasi masalalariga oydinlik kiritilmoqda.
Hujjat orqali boshlang‘ich, kasb-hunar ta'limi, kasb-hunar maktablarida bitiruvchilar negizida bepul asosda kunduzgi ta'lim shaklida umumta'lim va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida ta'lim amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, qonun endilikda ta'limning nodavlat shaklini rivojlantirishga, jamiyatimizda intelektual mulk salohiyatidan samarali foydalanish, ilm-ma'rifatga doir ish joylari kengayishiga imkon beradi», deya senatorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, qonunda ta'lim olishning yangi shakllari haqida bandlar kiritilmoqda. Xususan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish, ya'ni sirtqi, kechki, masofaviy, dual, oilada va mustaqil ta'lim olish, katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta'lim berish, mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash, inkyulziv va eksternal tartibda ta'lim olish shakllari ko‘rsatilgan.
Mazkur qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
09:39 / 31.12.2025
Nodavlat maktablarda o‘qiydiganlar ulushi 3 baravar oshiriladi
09:33 / 31.12.2025
Har yili 600 nafar chet ellik “til egasi” bo‘lgan mutaxassis ta’limga jalb etiladi
10:44 / 27.12.2025