Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi
Bu O‘zbekiston prezidentining 1992 yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan keyin Mo‘g‘ulistonga birinchi tashrifi bo‘ladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 2025 yil 24-25 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ladi. Bu haqda "Monsame" Mo‘g‘uliston milliy axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu davlat tashrifi O‘zbekiston prezidentining 1992 yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan keyin Mo‘g‘ulistonga birinchi tashrifi va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning 2024 yilda O‘zbekistonga davlat tashrifiga javob tashrifidir.
Davlat tashrifi chog‘ida Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy muzokaralar o‘tkazadi, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro maydonlardagi o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashadi.
Mo‘g‘uliston 1992 yil 25 yanvarda O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatgan.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025