O‘zbekiston | 07:39 / 22.01.2020
28437
1 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda O‘zbekiston avtomobillar ishlab chiqarishni yanada oshirdi

Foto: Askar Yakubov

Davlat statistika qo‘mitasi 2019 yil yanvar-dekabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2018 yilning shu davrida 220 667 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 271 113 ming dona.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish ham ortdi. 2018 yilda - 4 237 dona, 2019 yilda - 5 320.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2018 yilda 158,8 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 200,6.

2019 yil yanvar-dekabr oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 2 022 donani tashkil etdi (2018 yilda - 3 477).

Mavzuga oid