Fuqarolar census.stat.uz platformasi orqali 31 yanvargaça onlayn tarzda röyxatdan ötişi mumkin. 4–28 fevral kunlari maxsus tayyorgarlikdan ötgan xodimlar uyma-uy yurib, aholini va qişloq xöjaligiga doir ma’lumotlarni röyxatga oladi.
Özbekistonda 15 yanvardan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş boşlandi. Jarayon 28 fevralga qadar davom etadi.
Adliya vazirligi xabariga köra, davlat organlari va taşkilotlari 2026 yil 15 yanvardan 31 yanvargaça öz tizimida faoliyat yuritayotgan barça xodimlarning census.stat.uz portalida röyxatdan ötişini ta’minlaşi lozim. Röyxatdan ötiş OneID tizimi orqali amalga oşiriladi.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, röyxatga oliş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
- 15–31 yanvar — fuqarolar census.stat.uz platforma orqali onlayn tarzda röyxatdan ötadi;
- 4–28 fevral — maxsus tayyorgarlikdan ötgan xodimlar uyma-uy yurib, aholini va qişloq xöjaligiga doir ma’lumotlarni röyxatga oladi.
Tadbir doirasida aholining yoşi, ta’lim darajasi, bandlik holati, migratsiya jarayonlari, şuningdek, qişloq xöjaligida yerdan foydalaniş va çorvaçilik körsatkiçlari böyiça aniq ma’lumotlar töplanadi.
Mutasaddilar ta’kidlaşiça, barça töplangan ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda qöllanadi. Röyxat savolnomasi 71 ta savoldan iborat bölib, unda aholining turmuş tarzi va qişloq xöjaligiga oid asosiy körsatkiçlar qamrab olingan.
Qayd qiliş joiz, ahlini röyxatga oliş mustaqil Özbekiston tarixida birinçi marta ötkazilmoqda.
















