Milliy statistika qömitasi taqdim etgan ma’lumotlarga köra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasida körsatilgan xizmatlar hajmi 4,6 trln sömga teng bölgan.
Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç 2024 yilning mos davriga nisbatan 5 foizga oşgan bölib, mutlaq ösiş 889,5 mlrd sömni taşkil etgan.
Şu bilan birga, hisoblar tuziş, buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy taftiş (audit) sohasida körsatilgan xizmatlar hajmi 2 trln sömga yetgan. Bu esa huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi jami xizmatlar hajmining 43,3 foiziga töğri keladi.
Mutaxassislar fikriça, uşbu yönalişlarda xizmatlarga talabning ösişi biznes yuritişda hisob-kitob va huquqiy himoyaga bölgan ehtiyoj ortib borayotgani bilan izohlanişi mumkin.

















