Jahon | 19:07 / 01.12.2016
4619
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada muhojirlik darajasi rekord ko‘rsatkichga yetdi

Foto: © AP/Scanpix

Buyuk Britaniyaga YeIdan ko‘chib kelayotganlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi, deb yozmoqda Mirror nashri.

Britaniya milliy statistika boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yilda YeI mamlakatlaridan qirollikka 284 ming kishi kirib kelgan. 2015 yilda bu raqam 265 ming kishini tashkil etgan edi. 

Umuman, 2016 yilning o‘tgan davri mobaynida Buyuk Britaniyaga 650 ming kishi ko‘chib kelgan. Bu borada, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 11 ming muhojir ortiqchadir. Nashrga ko‘ra, bu ma'lumotlarga Birlashgan qirollikni tark etgan britaniyaliklar kiritilmagan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid