O‘zbekiston | 11:35 / 10.10.2018
17148
2 daqiqa o‘qiladi

Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar O‘zbekistonga keladi

Foto: Nobel Media AB

15-22 oktabr kunlari O‘zbekiston milliy universiteti rahbariyati taklifiga binoan Shimoliy Karolina universiteti (AQSh) biokimyo va biofizika professori, 2015 yil Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb yozmoqda O‘zA.

Tashrif davomida professor Aziz Sanjar bir qator tadbirlarda ishtirok etib, molekulyar biologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarimiz bilan tajriba almashadi hamda respublikamizning yosh olimlarini innovatsion ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan keng shug‘ullanishda o‘z tajribalarini bo‘lishadi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy universitetida “Aziz Sanjar: sarhadsiz bilim ichra kechgan hayot” deb nomlangan xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Professor tahsil oluvchilar va tadqiqotchilarga “DNKning tiklanishi, saraton va kimyoviy davolash” mavzusida onlayn ma'ruza o‘tadi. Mazkur ma'ruza respublikaning barcha OTMlari videokonferensiya studiyalarida translyatsiya qilinadi.

Anjumanda respublika hamda xorijiy davlatlardan yetakchi olimlar, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, vazirliklar va elchixonalar vakillari ishtirok etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid