Bu muammoning oqibatlari faqat oziq-ovqat bilan boğliq emas, kölami öylaganimizdan ham keng va xatarli. Gap — minglab gektar unumdor, suvli yerlarning noqonuniy sotib yuborilişi va özboşimçalik bilan egallab, bino qurilişi haqda ketyapti.
Tahririyatga 25 yoşlardagi yigit kirib keldi: «Aka, sizlar uçun «dahşatli» bitta mavzu bor. Bugun keçda mahallamizdan 20 kişi katta trassaga çiqadi. Hokimiyatdan norozi. Borib tasvirga olasizmi? Yutubga qöysangiz körasiz sensatsiyani...»
Sensatsiya ortidan quvmasligimizga yigitni işontirib bölmadi. Ammo odatimizga muvofiq, suriştirib kördik. Bir vaqtlar fermer bir neça kişiga suğoriladigan yerni imorat uçun sotib yuborgan, hujjatsiz, asossiz... Endi fermer ham, uy qurgan fuqarolar ham bu qurilmalarni hujjatlaştiriş uçun sarson.
Töğri, sönggi yillarda qaçon, kim uyi buzilayotgani yuzasidan murojaat qilsa yetib bordik, yoritdik, jamoatçilik e'tiborini köçada qolib ketişi mumkin bölgan odamlar taqdiriga qaratişga harakat qildik.
Ammo tanganing ikkinçi tomoni ham bor. Modomiki hujjatsiz, fermerning ekin maydoniga uy qurilar ekan, vaqti kelib uning buzilmasligiga heç kim kafolat berolmaydi. Hatto «sensatsion şou»lar ham.
Töğri tuşuning, aldanmang! Agar bu an'ana davom etaversa, ertaga yerlarimiz öz xalqimizni oziq-ovqat bilan ta'minlaşga ham yetmay qoladi.
Ikki yil oldin hovlisini özboşimçalik bilan kengaytirib olgan bir fuqaro, qöşib olingan 3 sotix yerni rasmiylaştirib bermagan mutasaddilar oldida öziga öt qöyganini eslaymiz. Öşanda «Özbekistonda uyi buzilişiga çiday olmagan fuqaro özini yoqib yubordi» mavzusi qator saytlarda rosa «aylandi». Mutasaddilarning javobgar bölib ketişiga oz qolgandi.
Bugun muammo qanaqa oqibatlar olib kelişi mumkinligi davlatga ayon: ikki enli noqonuniy yerni davlatga qaytariş uçun mutasaddilar tiş-tirnoği bilan kuraşmoqda. Boşqaça aytganda, hokimlikning oldin yöl qöygan xatosi hozir aynan yana hokimlik oldidagi eng katta muammo bölib turibdi.
Xuddi şu mavzuda yaqinda saytimizda ham «Hokimlar noqonuniy yer ajratgani uçun nega javobgarlikka tortilmagan?» sarlavhali maqola e'lon qilindi. Ta'kidlanganidek, «Özbekistondagi mavjud 44 mln. gektardan ortiq yer maydonlarining faqat 9 foizigina suğoriladigan ekin yerlardir va bu maydon kundan-kunga qisqarib boryapti. 15 yil oldin kişi boşiga 23 sotix suğoriladigan yer töğri kelgan bölsa, hozir bu miqdor 16 sotixga tuşib qolgan. Vaholanki, aynan 15 yil oldin, aniqroği, 2006 yildan boşlab qişloq xöjaligi yeridan uy-joy quriş uçun yer uçastkasi ajratiş Vazirlar Mahkamasi qarori bilan töxtatilgandi.









