Urganç şahar hokimligi «Urgançda noqonuniy quriliş aniqlangan, hokimlik qariyb 6 oydan beri çora körmayapti» maqolasiga munosabat bildirdi.
«Urganç tumani, Çakkaşolikor qişloği, Şermatlar mahallasida yaşovçi fuqaro R.Z. tomonidan Urganç şahar, 21-son «Navröz» mahallasida özboşimçalik bilan 540,0 kv.m yer maydonida poydevor va ustidan 96 metr uzunlikda pişgan ğişt va xom ğiştdan devor qurilgan.
Urganç şahar hokimligi tomonidan Şaharsozlik Kodeksining 20-moddasi, Yer Kodeksining 91-moddasi va Fuqarolik Kodeksining 212-moddasiga asosan fuqaro R.Z. tomonidan qurilgan noqonuniy qurilmani majburiy tartibda buziş va yer maydonini asl holatiga keltiriş xaqida hal qiluv qarori çiqarişni sörab Fuqarolik işlari böyiça Urganç tumanlararo sudiga 2021 yil 17 noyabrda da’vo arizasi kiritilgan. Ammo, sud tomonidan hujjatlar töliq bölmaganligi bildirilgan.
Bugungi kunda bu böyiça hujjatlar töliq sudga taqdim etilganini ma’lum qilamiz», deyiladi munosabatda.












