AQŞ senatorlari Rossiyaga qarşi «maydalovçi» sanksiyalar tayyorlamoqda – agar Putin muzokaralar olib bormasa, uşbu sanksiyalar joriy qilinadi. Bu haqda Donald Trampning yaqin ittifoqçisi, respublikaçi senator Lindsi Grem aytdi. U 72 senator tomonidan qöllab-quvvatlanayotganini ma’lum qildi.
Bloomberg xabariga köra, qonun loyihasi nafaqat Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etişni nazarda tutadi. Balki, Rossiyadan neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uran sotib oluvçi mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foizlik bojlar ham joriy qilinadi. Bundan taşqari, AQŞ fuqarolariga Rossiya davlat obligatsiyalarini sotib oliş taqiqlanadi.
Grem sözlariga köra, Rossiya prezidenti «agar Trampdan ustun turişga harakat qilsa, katta xatoga yöl qöygan böladi. Bu qonun loyihasi prezident arsenalidagi vositadir». U qöşimça qildi: «Tramp muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolganiga amin bölsa, u holda harakat boşlanadi». Uning fikriça, Putin oxir-oqibat tanlov oldida qoladi: yo Tramp bilan muzokaralar stoliga ötiradi yoki «Rossiya iqtisodiyotini yöq qiliş» bilan yuzma-yuz keladi.
Tramp avvalroq Putinni öt oçişni töxtatiş yölida qadam taşlamagani uçun bir neça bor tanqid qilgan va unga nisbatan «bank va ikkilamçi sanksiyalar» bilan bosimni kuçaytirişga tayyorligini bildirgan edi.












