Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abituriyentlar uchun mandat e’lon qilindi
2022/23 o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlari natijalari chiqdi.
Foto: Kun.uz
Natijalarni 4 xil usulda masofadan, bepul bilish mumkin:
- my.dtm.uz sayti orqali;
- mandat.dtm.uz sayti orqali;
- abituriyent ruxsatnomasidagi QR-kodni skanerlar orqali;
- Quyidagi Telegram-botlarga abituriyentning ID-raqamini yuborish orqali: @e_dtm_mandatbot, @e_dtm_mandat1bot, @e_dtm_mandat2bot, @e_dtm_mandat3bot, @e_dtm_mandat4bot Telegram-botlari.
Yuqoridagi platformalarda javoblar varaqasi ham joylashtiriladi. Bu orqali abituriyentlar qaysi savollarga to‘g‘ri, qaysilariga noto‘g‘ri javob belgilaganini ko‘rishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bu yil testlarda 1 073 821 nafar abituriyent qatnashdi. Qabul kvotasi esa – 110 707 ta:
- kunduzgi shaklga 77 477 nafar;
- sirtqi shaklga 26 095 nafar;
- kechki shaklga 3 725 nafar;
- yangi turdagi masofaviy ta’lim shakliga 3 410 nafar talaba qabul qilinmoqda.
Mavzuga oid
15:15 / 23.12.2025
Rossiyada universitetlardagi 45 ming pulli o‘rin qisqartiradi
09:53 / 11.12.2025
OTMda sessiyalar 12 yanvardan boshlanadi
18:52 / 06.12.2025
O‘zbekistonda xorijiy OTMlar soni 30 taga yetdi
19:38 / 04.12.2025